73 mlrd so‘m ustav kapitali bilan AgroVentures tashkil etildi
Agrobank 100% ulushga ega bo‘lgan va ustav kapitali 73 mlrd so‘mni tashkil etuvchi AgroVentures kompaniyasiga asos soldi. Kompaniya rahbarligiga 2022-yildan Agrobankda investitsiyalar bo‘yicha direktor bo‘lib faoliyat yuritgan Mirolim Abdullayev tayinlandi. Fond akselerator va inkubator dasturlari, xakatonlar hamda istiqbolli agrotex startaplar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yadi.